So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

30 avg 16:01
Yangiliklar

Boks/MMA

Guskovning murabbiyi: "Mag'lubiyat sababini bilaman"

Bogdan Guskovning murabbiyi Gor Azizyan shogirdi Magomed Ankalaevga qarshi muddatidan avval uchralgan mag'lubiyat uchun uyalishi kerak deb hisoblamaydi.

Eslatib o'tamiz, "Carevich" o'tgan oyda UFC yarim og'ir vazn toifasidagi sobiq chempion bilan qisqa muddatli ogohlantirish bilan jang qilib, beshinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lgandi.

"Biz sabablarni bilamiz, lekin ularni ayta olmayman. SHunday bo'lib turadi. Jang davomida qaergadir zarba esangiz, butun jang boshqacha tus oladi. Aslida esa, Bogdan o'ninchi raqamli jangchi bo'la turib, hamma qo'rqqan paytda birinchi raqamli jangchi bilan kuch sinashishga tavakkal qildi – shartnomasini yaxshiladi, pul ishladi. UFC unga qarzdor, desak ham bo'ladi – u ularni qiyin vaziyatdan qutqarib qoldi. U uyaladigan darajada yomon mag'lubiyatga uchramadi", – dedi rossiyalik mutaxassis Sport24 kanaliga bergan intervyusida.

SHuningdek, Azizyan Guskov bu jangda ko'proq tavakkal qilishi kerak edi degan fikrga qo'shilmaydi.

"Tavakkal qilishi kerak bo'lgan odam Ankalaev edi. Biz nega tavakkal qilishimiz kerak? Bizda yo'qotadigan narsa yo'q edi. SHuning uchun, Ankalaevning zarbalari o'xshamay qolgach, u oyoqqa tashlanib, yotib olishga urindi. Bizda esa malum muammolar bor edi – bo'g'ish usuli o'xshamadi, o'ng qo'li bilan zarba bera olmadi. Nima uchun bunday bo'lganini bilamiz va bunga juda xotirjam qaraymiz. Magomedni tabriklaymiz – u nishonga aniq tegdi va shundan so'ng o'yin biroz boshqacha tus oldi. Lekin bu o'yinda Bogdan emas, Magomed tavakkal qilishi kerak edi. Birinchi raqamli jangchi yotib olmasdan, nimadir ko'rsatishi kerak", – deb tushuntirdi Azizyan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing