So’nggi yangiliklar

19:31Сенсация: Соболенко Диана Шнайдерга ютқазиб, «Ролан Гаррос»ни тарк этди 0 18:54"Tashkent Open Judo Kids Cup IV" мусобақаси бошланди 0 18:26Шаҳрам Ғиёсов WBO рейтингидан ҳам чиқарилди 0 17:58Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг энг қиммат футболчиси! 0 17:26Расман. Илк бор ўзбекистонлик ММА жангчиси UFC видеоўйинига киритилди 0 16:48Жалгасбай Бердимуратов PWL Лигаси чемпионига айланди 0 16:01Илҳом Назимов Москвада операцияни бошдан кечирди (ФОТО) 0 15:26Ўзбекистонлик ҳакамлар жамоаси АҚШда машғулотларга киришди 0 14:58Ўзбекистонлик бокс мутахассиси World Boxing супервайзерига айланди 0 14:02"Чунки у мунтазам шуғулланди". Царукян Макгрегор - Холлоуэй жангига тахмин билдирди 0 13:26"UFC доғистонликлар билан бошқа шартнома имзоламаяпти деб эшитдим" - собиқ чемпион 0 12:41Here WE Go. "Реал" навбатдаги трансферни ҳал қилди 0 12:16WBC Усикнинг навбатдаги рақиби ким бўлиши кераклигини маълум қилди 0 10:59Велоспорт бўйича Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси жиддий автофалокатга учради 0 10:07Отабек Холматовнинг WBC рейтингидаги ўрни янгиланди 0

22 iyu 17:58
Yangiliklar

Boks/MMA

Guskovning qiyofadoshiga yangi raqib berildi

30 iyun kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi "T-Mobile Arena"da UFC 303 turniri bo'lib o'tadi.

O'rta vazn toifasi UFC reytingida to'qqizinchi o'rinni egallab turgan Roman Dolidze yarimog'ir vaznga qaytadi va safdan chiqqan Karlos Ulbergning o'rnini egallaydi. Ulberg jarohati sabab Entoni Smitga qarshi kechishi kerak bo'lgan jangdan "echilgandi". Smit hamyurtimiz Bogdan Guskovning qiyofadoshi hisoblanadi. 

Ushbu jang UFC 303 turnirining ahamiyati jihatidan uchinchi to'qnashuvi bo'ladi. 35 yoshli Roman Dolidze oxirgi ikkita jangida mag'lubiyatga uchragan. U Marvin Vettori va Nassurdin Imavovga qarshi kechgan janglarda imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Ungacha gruziyalik aralash yakkakurash ustasi ketma-ket to'rtta jangda g'alaba qozongandi. G'alabalarining uchtasini muddatidan avval qo'lga kiritgan. 

Entoni Smitga keladigan bo'lsak, u so'nggi yillarda barqaror jang o'tkaza olmayapti. U so'nggi beshta jangidan uchtasida mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Amerikalik 35 yoshli Smit yarimog'ir vazn toifasi UFC reytingida o'ninchi o'rindan joy olgan. Entoni so'nggi jangida Vitor Petrinoni birinchi raunddayoq mag'lub eta olgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing