30 avg 12:18
Yangiliklar
Futbol

Gvardiola Barselonaga borgani sababli "Man Siti"ning mavsumoldi tayyorgarligining katta qismini o'tkazib yuboradi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Ispaniyaga safaridan so'ng karantinda bo'lishi kerak.
Murabbiy ayni damda Barselonada. Xabarlarga ko'ra, Gvardiola Kataloniya poytaxtida "Barselona" sardori Lionel Messi bilan uchrashuv bo'yicha kelishib olgan.
49 yoshli mutaxassis Ispaniyadan qaytganidan so'ng 14 kunlik karatinda bo'ladi.
"Man Siti" mavsumdagi ilk o'yinini 19 sentyabr kuni "Vulverxempton"ga qarshi o'tkazadi. SHunday ekan, Gvardiola jamoaning mavsumoldi tayyorgarligining katta qismini o'tkazib yuboradi.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar