20 sen 17:25
Yangiliklar
Futbol

Gvardiola: "Bu klubda ishlash - shunchaki ajoyib"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola 2020/21 yilgi mavsum rejalari haqida o'rtoqlashdi.
"Har doimgidek o'zimni yaxshi his qilyapman. Bu klubda shunday futbolchilar bilan ishlash - shunchaki ajoyib. Jamoaning kayfiyati yuqori ekanligini ko'rib turibman, ular bilan ishlashdan xursandman.
Umid qilamanki, doimgidek o'yin ko'rsatib, chiroyli natijalar orqali muxlislarni xursand qilishda davom etamiz. Muhimi - oldimizga qo'yilgan vazifalarni bajarish", - dedi Gvardiola.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar