20 okt 12:08
Yangiliklar
Futbol

Gvardiola: "Bu "Man Siti"ning Evrokuboklardagi eng zo'r o'yinlaridan biri edi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Bryugge" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (5:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu bizning Evrokuboklardagi eng zo'r o'yinimizdan biri edi. Men "Bryugge"ni kuzatgandim. Ularning ko'plab o'yinlarini ko'rib chiqdim. Ular PSJga qarshi qay darajada yaxshi o'ynashganini bilaman.
Biz Foden sabab ko'plab paslarni amalga oshirdi. Himoyamizda tezkor futbolchilar bor edi. Yana ko'proq gol urishimiz mumkin edi, bizda vaziyatlar bo'ldi. Barchamiz ko'rsatilgan o'yindan mamnunmiz", - dedi Gvardiola.
Havola :
Fikrlar