04 fev 09:32
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/28014_220.jpg)
Gvardiola durang qayd etgan shogirdlariga to'rt kunlik tatil berdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL 26-turidagi “Byornli”ga qarshi o'yindan keyin futbolchilariga dam berishga qaror qildi.
Ispaniyalik mutaxassis futbochlilariga to'rt kun dam berar ekan, kim qaerga borishni istasa borishi mumkinligini aytib o'tdi.
“CHorshanba kuni jamoa to'planadi va “Lester” (10 fevral) va “Bazel” (13 fevral)ga qarshi bahsga hozirlik ko'ramiz. Ammo hozir bizga barchaga, futbolchilar, murabbiylar va boshqalarga kichik tanaffus lozim. So'ngra yana ishimizni davom ettirishga kirishamiz.
Futbolchilar vaqtincha futbolni unutib, oilasi va yaqinlari davrasida bo'lishi lozim. So'ngra yana olg'a yurishda davom etamiz”, deydi Gvardiola.
Havola :
Fikrlar