16 mar 12:55
        Yangiliklar	
	
				
				    Futbol			    
				
				
			
				Gvardiola kecha avtogol muallifi bo'lgan Husanov haqida fikr bildirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Brayton"ga qarshi uchrashuvdagi durang (2:2) natijadan so'ng jamoasini maqtadi.
			"Ruben Diash va Abduqodir Husanov fantastik darajada o'ynadi. "Nottingem Forest" bilan bo'lgan o'yinga qaraganda, bu gal ancha yaxshi to'p tepdik, ikkita gol urdik va yana darvozani ishg'ol qilish uchun vaziyatlar yaratdik.
Biz g'alabaga yaqin edik, lekin unga erisha olmadik", — dedi "shaharliklar" bosh murabbiyi.
Eslatib o'tamiz, ushbu bahs 2:2 hisobida yakunlangan va unda Abduqodir Husanov kutilmaganda o'z darvozasiga gol urib qo'ygandi.

            Havola            :         
            
			
Fikrlar