04 mar 11:09
Yangiliklar
Futbol
Gvardiola “Man Siti”dan o'ziga o'rinbosar sifatida kimni ko'rishini aytdi
“Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi Ilkay Gyundogan haqida fikr bildirdi.
“Yarim himoyachilar bu eng yaxshi murabbiylardir, chunki ular o'yin davomida ham jamoa haqida o'ylashadi. Hujumchilar gol urish haqida o'ylaydi, ammo ular atrofda nima bo'layotgani haqida qayg'urishmaydi. Muvaffaqiyatli yarim himoyachi esa albatta hamma narsani o'ylashi, jamoaning yuragi bo'lishi kerak.
Gyundogan yurak, aql va ishtiyoq bilan harakat qiladi. O'ylashimcha, u keyingi Gvardiola bo'lishi mumkin. Klub akademiyasidagi yoshlar u o'ynayotgan davrda tahsil olayotgani bu omad. Ilkay - qoyilmaqom futbolchi”, deydi ispaniyalik mutaxassis.
Havola :
Fikrlar