09 apr 15:29
Yangiliklar
Futbol
Gvardiola: "Manchester Siti"da umrbod qolishni xohlardim, ammo men buni qilmayman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klubdagi kelajagi haqida gapirdi.
"Manchester Siti"da umrbod qolishni xohlardim, ammo men buni qilmayman. Men uchun bundan yaxshiroq joy yo'q. SHartnomani 10 yilga uzaytirishim mumkin, ammo men buni qilmayman. Menga Braziliya terma jamoasi qiziqayotgani haqidagi mish-mishlar? Mening shartnomam bor, o'z klubimda baxtliman. Bunday mish-mishlarni qaerdan olishganini bilmayman", - deydi Gvardiola.
Gvardiola "Manchester Siti"ni 2016 yilning iyulidan beri boshqaradi.
Ispan mutaxassisining "shaharliklar" bilan shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Manba : skysports.com
Fikrlar