26 apr 10:02
Yangiliklar
Futbol

Gvardiola: "Men tarkibda 15 nafar Erik Garsiya bo'lishini xohlardim"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning ispaniyalik yosh himoyachi Erik Garsiya haqida gapirdi.
"Garsiya - mening sevimli o'yinchilarimdan. Men tarkibda 15 nafar Erik bo'lishini xohlardim. Garsiya qaydnomaga kirmayotgani sababi shundaki, u tez orada "Barselona"ga o'tadi", - deydi Gvardiola.
20 yoshli ispaniyalik futbolchining Angliya klubi bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. U o'zi tarbiya topgan "Barsa"ga qaytishga qaror qilgan.
Qayd etish kerakki, Erik 2017 yilning iyulidan beri "Manchester Siti"da to'p tepadi.
Havola :
Manba : twitter.com/spbajko
Fikrlar