29 avg 19:18
Yangiliklar
Futbol

Gvardiola Messi bilan uchrashadi. U hozir Barselonada
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola o'zining tug'ilib o'sgan joyi Kataloniyada bo'lib turibdi.
39 yoshli mutaxassis klubini o'zgartirishni xohlayotgan "Barselona" hujumchisi Lionel Messi bilan uchrashishga kelishib olgan.
Oldinroq, argetinalik futbolchining "Manchester Siti"da o'ynashni xohlayotgani malum bo'lgan va "shaharliklar" ham bu borada jiddiy ishga kirishgani xabar qilingan edi.
Eslatib o'tamiz, Pep Messi bilan birga "Barselona"da ishlagan.
Havola :
Manba : Marca
Fikrlar