07 noy 14:14
Yangiliklar
Futbol

Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi yubiley o'yinini o'tkazdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi 600-o'yinini o'tkazdi.
Ispaniyalik mutaxassis uchun yubiley o'yin kecha ECHL 4-turi doirasidagi "Atalanta"ga qarshi bahs bo'ldi.
Gvardiola "Manchester Siti" bosh murabbiyi sifatida 192ta o'yin o'tkazdi.
Pep oldinroq, "Barselona" (247ta) va "Bavariya" (161) klublarida ham ishlagan. G'alabalar foizi 75 (600 o'yindan 448tasida g'alaba)ga teng. Yoshlar jamoalarini boshqargan paytdagi statistikalar bu erdan o'rin olmagan.
Eslatib o'tamiz, Gvardiola "Manchester Siti"ni 2016 yil yozidan beri boshqarib kelmoqda. Jamoa uning qo'l ostida ikki bor APLda zafar quchdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar