14 jan 15:03
Yangiliklar
Futbol
Gvardiola nimadan afsuslanayotganini aytdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o'tgan yozda futbolchi sotib olmagani uchun afsusda ekanligini malum qildi.
"Men rahbariyatga yozda hech qanday futbolchi kerakmasligini malum qilgandim. Bundan esa hozir afsuslanaman. Men shu tarkib bilan yaxshi natijalarga erishishimga ishongandim. Biroq mavsum boshidagi jarohatlar bizning barcha rejalarimizni buzib tashladi. Menimcha, biz yozda ham yaxshi xaridlarni amalga oshirishimiz kerak bo'lgan ekan", — deb fikr bildirdi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, "Man Siti" qishki transfer oynasida katta mag'lab sarflamoqda. Ular Abduqodir Husanov, Vitor Reys va Omar Marmush kabi futbolchilarning xaridi uchun taxminan 160 million evrodan voz kechmoqda.
Havola :
Fikrlar