30 sen 13:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Gvozdik: "Buning uchun Usik Fyuriga rahmat aytishi kerak"
Ukrainalik sobiq jahon chempioni Aleksandr Gvozdik superog'ir vazn toifasida WVC chempioni Tayson Fyuri va WVA, WVO, IBF va IBO chempionlik kamarlari sohibi Aleksandr Usik o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Birinchidan, bu jang bo'lishi kerak. Fyuri nimanidir yashirayotganiga ishonmayman. Menimcha, Fyuri hozir bu jangni sotmoqda. Boks olamida biz ko'rishni xohlaydigan janglar shunchaki sodir bo'lmaydi. Sababi biz buni bo'lishini xohlaymiz.
Agar menga Fyuri Aleksandrdan qo'rqayotganini aytmoqchi bo'lsangiz — bunga ishonmayman. U bor-yo'g'i bu jangni sotmoqda. Menimcha, buning uchun Aleksandr Fyuriga rahmat aytishi kerak", - dedi Gvozdik "24 kanal"ga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar