So’nggi yangiliklar

21:19"Номзодлар турнири". Ғалабали серия давом этади. Синдаровнинг навбатдаги қурбони Чин юрти вакили! 0 19:04Расман! Усик, Ричард Торрес ва Шаҳрам Ғиёсов жанг қиладиган Мисрдаги бокс оқшомининг тўлиқ карди тасдиқланди 0 18:43Англия кубоги. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"ни тор-мор этиб, 1/2 финалга чиқди, Ҳусанов 90 дақиқа ишончли ўйнади 0 18:22Фурқатбек Ёқубовнинг рақиби оғир касаллик туфайли жанг қила олмайди — Mangu MMA 0 18:01Баҳодир Жалоловнинг ҳаёт йўли ва фаолиятига бағишланган "Енгилмас. Токиога йўл" фильми премьераси ўтказилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 17:40Тошкент 4 та терма жамоа иштирокидаги халқаро қўшма ўқув-машғулот йиғинига мезбонлик қилмоқда 0 17:19Манчини Италия терма жамоасини бошқаришга тайёр 0 16:58Арман Царукян: "Менга чемпионлик жангини беришмади, чунки..." 0 16:37Бекзод Қурбонов Жаҳон кубогининг финалига Америкада тайёрланмоқда 0 16:16Осиё чемпионатида яна икки йўқотиш. Маханов Оралбайга қарши жанг ўтказди 0 15:55"Барселона" Италия терма жамоаси футболчисини кузатмоқда 0 15:34Чарльз Оливейра: "Бу сафар Конорга ишонаман" 0 15:13Octagon League Одилхон ва Камил Каратэ ўртасидаги трилогияни эълон қилди (ПОСТЕР) 0 14:52Камару Усман Исраэл Адесаньяга ишонади 0 14:31Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари: "Қўқон-1912" мураббийи, "Навбаҳор" ҳамда бир неча футболчига чора кўрилди 0

12 noy 14:36
Yangiliklar

Futbol

Hakamlar bitta o'yin uchun qancha oladi?

Teglar :  FIFAO'zbekiston
Pul - odamzod uchun eng qiziq narsa, ayniqsa birovlarning cho'ntagidagisi.

Xususan, umrida biror marta 90 daqiqalik futbol bahsini to'liq tomosha qilmagan kishi ham unda alanayotgan raqamlarga befarq emas. Stadion tashqarisidagilarni o'ylagan "Championat.asia" har doim uning ichidagi "sekret"larni ommaga oshkor qilish harakatida bo'lgan. Bugun ham yashil maydondagi eng kuchli figura — referilarning daromadlari to'g'risida malumot beramiz.

Ayni paytda Superliga uchrashuvlarida ishlaydigan bosh hakam bitta o'yin uchun 6 mln so'm miqdorida gonorar oladi. Uning yordamchilari esa 3 baravar kamroq mablag'ga ega bo'lishadi.

Malumot uchun, shu yilning 23 martida o'zbek referilarining daromadi haqida yozgandik. O'shanda bosh hakamning 90 daqiqalik mehnati uchun 3,5 mln so'm to'lanishi aytilgan. CHempionatimizning 2020 yilgi mavsumida bu raqam 3 mln.ni tashkil qilardi. 1 yil ichida referilar gonorarining karrasiga ko'payishi tahsinga sazovor, albatta. Rahbarlar kelasi yildan "layncmen"lar daromadini ham oshirishni reja qilmoqda.

SHuningdek, o'zbek referilari muntazam ravishda xalqaro o'yinlarda ham ishlab kelishmoqda. Ammo FIFA va OFKning hakamlarga haq to'lash shakli biroz farqli. Ular gonorarni o'yin uchun emas, kunlik to'laydi (sutochnyy). Xalqaro uchrashuvda ishlaydigan hakam o'yindan 2 kun oldin o'sha shaharga etib kelishi kerak. O'yin kuni va uning ertasi uchun ham gonorar yoziladi. Yani umumiy 4 kun bo'ladi.

OFKning "sutochnyy" to'lovi bosh hakam va uning yordamchilariga 300$, komissar hamda inspektor uchun 200$ ga teng.

FIFAda esa raqamlar biroz ko'tariladi:

Bosh hakam — 500$;

Yordamchi hakamlar — 350$;

Komissar va inspektor — 250$.

Aniqroq qilib aytsak, FIFA musobaqasidagi 1 o'yinni boshqarganligi uchun referiga odatda 2000$, OFK darajasidagi uchrashuvlar uchun 1200$ to'lanadi.

Ushbu material tayyorlanishida amaliy ko'mak bergan Erkin Baxtiyorovga (hakamlar departamenti rahbari) saytimiz jamoasi va o'quvchilari nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing