16 mar 17:49
Yangiliklar
Engil atletika

Hamyurtimiz sportcha yurish bo'yicha Osiyo chempionati sovrindori bo'ldi
Yaponiyaning Nomi shahrida 20 kilometr masofaga sportcha yurish bo'yicha Osiyo chempionati hamda 20 va 35 kilometr masofalarga sportcha yurish bo'yicha Yaponiya chempionati bo'lib o'tdi.
Qita chempionati dasturida ishtirok etgan sportchimiz Rasulbek Dilmurodov 1 soatu 23 daqiqa 17 soniya vaqt bilan O'zbekistonning yangi rekordini o'rnatib, uchinchi o'rinni egalladi.
Hamyurtimizning ushbu rekordi 1984 yil 13 may kuni Nikolay Bashkirsev tomonidan o'rnatilgan rekorddan (1:23:17) 5 soniyaga tezroqdir.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar