So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

30 okt 12:15
Yangiliklar

SHaxmat

Hamyurtlarimizning 4 nafarida g'alaba, Afruza medal olishga yaqin

Bugun Gruziyaning Batumi shahrida shaxmat bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati o'z yakuniga etadi.

8, 10 hamda 12 yoshli shaxmatchilar o'rtasida tashkil etilayotgan jahon chempionatida dunyoning 100ga yaqin mamlakatidan istedodli shaxmatchilar ishtirok etyapti.

Etiborlisi, jahon chempionatida qatnashayotgan olti shaxmatchimizdan to'rt nafari bu turda g'alaba nashidasini surdi. Sakkiz yoshlilar musobaqasida o'z imkoniyatini sinab ko'rayotgan Humoyun Bekmurodov 10-turda qozog'istonlik Amir Kalievni mag'lubiyatga uchratib, ochkolarini 6taga etkazib oldi.

O'n yoshli shaxmatchilar bahsida birinchi raqam ostida tasniflangan Islombek Sindorov esa AQSH vakili Adrian Kondakovni enga olmadi. Uchrashuv durang natija bilan yakunlandi.


O'n ikki yoshli shaxmatchilar musobaqasida ikkinchi tartib raqamli ishtirokchi bo'lib turgan Javohir Sindorov esa ukrainalik Vladislav Larkindan ustun keldi. Javohirning ochkolari 7taga etdi.

Jahon chempionati kashfiyotiga aylangan Afruza Hamdamova bu turda yana g'alaba nashidasini surdi. U qora donalarda o'ynashiga qaramay, reytingda o'zidan ancha yuqorida turgan ozarboyjonlik shaxmatchi Leyla Budangovani mag'lub etdi.

Afruza so'nggi tur oldidan 7,5 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi. Bugun u 8,5 ochko bilan birinchi pog'onadan joy olgan qozog'istonlik Aysha Zakirovaga qarshi dona suradi. Agar g'alaba qozonsa, sovrinli o'rinlardan birini aniq qo'lga kiritadi.  

Hamyurtlarimizdan Yuliya Xegay armanistonlik Astgik Xakopyanga yutqazib qo'ydi. Maftuna Bobomurodova esa aksincha qora donalarda harakat qilib, AQSH vakilasi Nura Baalladan ustun ekanligini amalda isbotladi. 


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing