So’nggi yangiliklar

11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0 07:32Синдаров ва Гукеш матчида вақт назорати маълум бўлди 0 07:01"Манчестер Сити" "Ноттингем Форест"га мағлуб бўлди, Ҳусанов 90 дақиқа ўйнади + ВИДЕО 0 23:59Жавоҳир Умматалиев профессионал рингда учинчи ғалабасини қўлга киритди 0 19:50"Мен нафас ололмай қолгандим". Топурия Гэтжи билан жангда олган жароҳатларини очиқлади 0 19:19Йен Мачадо Гэрри октагонга қайтмоқда 0 18:48Хамзат Чимаев: "Мен ҳақиқий чемпионман!" 0 18:17Фабио Каннаваро: "Агар А Серия клубидан таклиф тушса, буни..." 0 17:46Фёдор Емельяненко Хабиб Нурмагомедов билан кўргазмали жангга розилик берди 0

17 apr 07:27
Yangiliklar

Xokkey

Haqiqiy sensaciya! Quvayt Armanistonni mag'lub etib, O'zbekistonga katta yordam berdi. Xokkeychilarimiz bugun navbatdagi o'yinida muzga chiqadi

Kecha Erevan shahri (Armaniston) mezbonlik qilayotgan xokkey bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatining IV divizionida uchinchi tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Kun davomida O'zbekiston milliy terma jamoasi eronlik xokkeychilarga qarshi muzga chiqib, 20:0 hisobida g'alaba qozondi. Ikkinchi bellashuvda indoneziyaliklar Malayziya termasidan 7:4 hisobida ustun keldi.

Musobaqa mezboni bo'lmish Armaniston esa Quvaytga qarshi bahs olib bordi va kutilmaganda overtaymda 4:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Bu orqali O'zbekiston terma jamoasi 7 ochko bilan divizion peshqadamiga aylanib oldi. Armaniston esa ikkinchi o'ringa tushdi. Oldinda har bir terma jamoani ikkitadan o'yin kutib turibdi. Vakillarimiz III B divizioniga yo'l olishi uchun mazkur o'yinlarning barchasida asosiy vaqtda g'alaba qozonishlari talab etiladi.

Bugun xokkeychilarimiz to'rtinchi tur doirasida Indoneziya jamoasiga qarshi muzga chiqadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 15:00 da boshlanadi. Armaniston esa bu safar Eron bilan to'qnash keladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing