22 may 14:48
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/219546_220.jpg)
"Har bir jangchi avval Kovingtondan o'tishi kerak". Usman - CHimaev bilan jang haqida
UFC chempioni Kamaru Usman shveciyalik Xamzat CHimaev bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.
Amerikalik jangchining fikricha, yarimo'rta vaznning chempionlik kamariga davogar har bir jangchi avval Kolbi Kovingtonni mag'lub etishi kerak bo'ladi.
"Vaznimizdagi yigitlarning ko'pchiligi kuchli. Misol sifatida, Belal Muhammad yoki Xamzat CHimaevni olishimiz mumkin. Bundan tashqari, Kovington ham yaxshigina poziciyada joylashgan.
Nomzodlar men bilan jang qilishi uchun avval Kovingtondan o'tishi kerak. Kolbi mendan tashqari qolgan barcha jangchilarni mag'lub etishi mumkinligini ko'rsatdi. SHunday ekan, kamar uchun kurashmoqchi bo'lganlar avval Kovingtondan o'tishlari kerak", - dedi Usman MMA Underground YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar