So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

05 jan 15:41
Yangiliklar

Og'ir atletika, Boshqalar

Harbiy sportchilar o'rtasida tosh ko'tarish va bahodirlar o'yini bo'yicha musobaqa yakunlandi

SHu kunlarda 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan respublikamiz bo'ylab sport musobaqalari va tadbirlari o'tkazilmoqda.

Kecha Toshkent shahrida joylashgan Qurolli kuchlar akademiyasi sport maydonlarida tosh ko'tarish va bahodirlar o'yinlari bo'yicha harbiy sportchilar o'rtasida yirik musobaqa tashkil etildi.

100 nafardan ziyod sportchilar o'rtasida qizg'in bahslarga boy bo'lgan tosh ko'tarish musobaqalarida -65 kg vaznda Rustam Jo'raev g'oliblikni qo'lga kiritgan bo'lsa, -70 kg vaznda Dilbek Abdullaev, -75 kg vaznda Azamat Usanov, -80 kg vaznda Mirzohid Ergashev, -90 kg vaznda Jumanazar Abdiev, +90 kg vaznda Doston Yo'ldoshevlar tengsiz ekanligini isbotladilar.Bahodirlar o'yini musobaqalarida yoshlar o'rtasida Islom Hakimjonov 1-o'rinni qo'lga kiritdi. Kattalar o'rtasidagi bahsda Bahodir Yo'lchiev g'alaba qozondi.

Malumot uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi «O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2019 yil 28 dekabrda o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi bo'yicha Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 31 dekabrdagi 2282-sonli buyrug'i ijrosini taminlash maqsadida vazirlik tomonidan yana bir qancha sport musobaqalari o'tkazilishi belgilangan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing