So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

06 may 14:33
Yangiliklar

Boshqalar

Havaskor triatlonchilar Respublika chempionatida bahs olib borishdi

Toshkentda triatlon bo'yicha havaskorlar o'rtasida Respublika turniri bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqani tashkil qilishdan ko'zlangan maqsad - terma jamoa uchun zaxira sportchilarni saralab olishdan tashqari, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va ularni sportga keng jalb qilishdan iboratdir. 

Mazkur musobaqa O'zbekiston triatlon federaciyasi, “I Love Supersport” Xalqaro sport maktabi tomonidan tashkillashtirilgan bo'lib, unda Respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan ishtirokchilar g'oliblik uchun bahs olib borishdi.

Malumki, triatlon o'zida sportning 3 yo'nalishini qamrab olgan. Bellashuvlar havaskorlar o'rtasida o'tishi inobatga olinib, ishtirokchilar 750 metrga suzish, 20 kilometrga velopoyga va 5 kilometrga yugurish bo'yicha bahs olib borishdi. 

Musobaqa yakuniga ko'ra, Andrey SHaripov erkaklar o'rtasida marra chizig'ini birinchi bo'lib kesib o'tdi. Uning qayd etgan natijasi 1 soat, 5 daqiqayu 21 soniyani tashkil qildi. Ayollar o'rtasida 1 soat, 30 daqiqa, 53 soniya natija ko'rsatgan Olga Pankratova g'oliblikni qo'lga kiritdi. Takidlash joiz, ushbu turnir iyul oyida Qozog'istonning Nur-Sulton shahrida o'tuvchi “IRONMAN 70.3 Astana” turniri oldidan saralash vazifasini ham o'tab berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing