08 apr 08:50
Yangiliklar

Hindiston - O'zbekiston - 2:0. Imkoniyat deyarli qolmadi
Unda Hindiston va O'zbekiston terma jamoalari o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritishyapti. Kecha o'tkazilgan dastlabki kungi yakkalik bahslaridan so'ng terma jamoamiz 0:2 hisobida mag'lub bo'lmoqda.
Dastlab hamyurtimiz Temur Ismoilov hind tennischisi Ramkuman Ramanatxanga 2:6, 7:5, 2:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berdi. Keyin esa birinchi raketkamiz Farrux Fayziev raqibi Prajnesh Gunneshvaranga 5:7, 6:3, 3:6, 4:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Afsuski, mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin jarohat sabab hindistonlik tennischilarga qarshi kechayotgan uchrashuvlarda bizga yordam bera olmayapti. Bu esa yaqqol natijada aks etyapti.
Devis Kubogi. Hindiston - O'zbekiston - 2:0
7 aprel
Ramkuman Ramanatxan – Temur Ismoilov - 6:2, 5:7, 6:2, 7:5
Prajnesh Gunneshvaran – Sanjar Fayziev - 7:5, 3:6, 6:3, 6:4
8 aprel
SHriram Balaji/Rohan Bopanna - Farruh Do'stov/Sanjar Fayziev
9 aprel
Ramkumar Ramanatxan - Sanjar Fayziev
Prajnesh Gunneshvaran - Temur Ismoilov
Eslatib o'tamiz, bungacha tomonlar 4 marotaba to'qnash kelishgan bo'lib, xar ikkala terma jamoa hisobida 2 tadan g'alaba mavjud.
Fikrlar