07 apr 07:40
Yangiliklar

Hindiston - O'zbekiston. Bugun Ismoilov boshlab beradi
Unda Hindiston va O'zbekiston terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi. Bugungi bahslarni Ramkuman Ramanatxan va Temur Ismoilov boshlab berishadi. Yakkalikning ikkinchi uchrashuvida Prajnesh Gunneshvaran va Sanjar Fayziev kortga chiqishadi.
Afsuski, mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin jarohat sabab hindistonlik tennischilarga qarshi uchrashuvda bizga yordam bera olmaydi. Ayni paytda Istomin Toshkentda jarohatini davolayapti.
Bangalor kortlarida to'rt nafar tennischimiz Sanjar Fayziev, Temur Ismoilov, Farrux Do'stov va Jo'rabek Karimov yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Qura yakunlariga ko'ra, 7-9 aprel kunlari quyidagi bahslar o'tkaziladi:
7 aprel
Ramkuman Ramanatxan - Temur Ismoilov
Prajnesh Gunneshvaran - Sanjar Fayziev
8 aprel
SHriram Balaji/Rohan Bopanna - Farruh Do'stov/Sanjar Fayziev
9 aprel
Ramkumar Ramanatxan - Sanjar Fayziev
Prajnesh Gunneshvaran - Temur Ismoilov
Eslatib o'tamiz, bungacha tomonlar 4 marotaba to'qnash kelishgan bo'lib, xar ikkala terma jamoa hisobida 2 tadan g'alaba mavjud.
Fikrlar