12 apr 12:45
Yangiliklar
Tennis

Hindistonni mag'lub etganimizda raqibimiz Kanada bo'lar ekan
Xabar berganimizdek, kecha London shahrida tennis bo'yicha terma jamoalar o'tasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogining Jahon ligasi pley-off bosqichiga qura tashlandi.
Xalqaro tennis federaciyasi shtab-kvartirasida o'tgan marosimda 16ta terma jamoa pley-offdagi raqiblarini bilib olishdi. O'tgan hafta so'nggida terma jamoamiz safarda hindistonlik tennischilarga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berishgandi.
Agar o'sha uchrashuvda g'alaba qozonganimizda, terma jamoamiz Jahon ligasiga yo'llanma beruvchi uchrashuvda Kanada tennischilariga qarshi kortga chiqish huquqini qo'lga kiritardi.
Boisi, pley-off bosqichidagi juftliklarda g'alaba qozongan terma jamoalar kelasi mavsum musobaqaning Jahon ligasida qatnashish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar