So’nggi yangiliklar

20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:54Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 18:35Осиё ўйинларининг 11-кунида Ўзбекистон делегацияси 9 та медаль қўлга киритди 0 18:30Осиё ўйинлари. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Японияга пенальтилар сериясига кўра мағлуб бўлиб, финалга чиқолмади 0 17:03Ўзбекистон терма жамоаси самбочилари Грециядаги жаҳон чемпионатида иштирок этишади 0 16:00Манба: Отабек Шукуров фаолиятини Европада давом эттиради 0 19:30Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 19:09Президент шахматчиларимизни тақдирлаб, Янги Тошкентда 500 ўринли шахмат саройи қуришни таклиф қилди 0 18:44Буюк Британия парламенти аъзоси "Манчестер Сити"ни АПЛдан четлатишга чақирди 0 18:15Осиё ўйинларининг ўнинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:48Осиё ўйинларининг ўнинчи кунини 3 та медаль билан якунладик: уларнинг 2 таси олтин! 0 17:18Таэквондочиларимизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:43"Манчестер Сити" АПЛ томонидан қўйилган айбловларга жавоб қайтариш ниятида 0 16:09Осиё ўйинлари: эртага тўрт нафар боксчимиз ярим финалда жанг қилади 0 15:16Осиё ўйинларига бормаган боксчиларимиз Хитойдаги турнирда қатнашишди 0

20 may 15:08
Yangiliklar

Futbol

Hisob-kitob vaqti: A Seriya 38-tur prevyusi

Teglar :  RomaInterMilan
Bugun Italiya chempionatining oxirgi tur uchrashuvlariga start beriladi.

"Torino" - "Roma"

"Buqalar"ning holati unchalik ham yaxshi emas. Jarohat tufayli jamoa sardori Belotti o'yinni o'tkazib yuboradi. SHuningdek, Fares va Sanarabiya ham maydonga tushmaydi. Hujumda Praet va Brekalo o'ynashi kutilmoqda. "Roma" 5-pog'ona uchun kurashda sustlik qildi, lekin klub hech bo'lmasa 6-o'rinni saqlab qolishi kerak. Genrix Mxitaryan hamon jamoasiga yordam berolmaydi, ammo qolganlar safda shay turishibdi.

"Roma" o'tgan o'zaro bahsda 1:0 hisobida g'olib bo'lgan. Bu gal ham bukmekerlar "jalorossi" imkoniyatlarini yuqori baholashmoqda. Agar "Torino" intililayotgan narsasi yo'qligini hisobga olsak, bu fikr mantiqan to'g'ri. Fikrimizcha, "Roma" hujumkor o'yin namoyish etadi va g'alabaga erishadi.


"Lacio" - "Verona"

"Burgutlar" safida jarohatlangan CHiro Immobile maydonga tushishi eng katta intriga bo'lib turibdi, katta ehtimol bilan o'ynashi mumkin. Agar u o'ynamasa, uning o'rniga Pedro-Felipe Anderson-Cakani uchligi tushadi. "Lacio"da boshqa kutilmagan sovg'alarni kutmasak ham bo'laveradi. Barak "Verona"ga yordam berolmaydi, bu esa to'p Simeone va Kaprariga etkazib berilishida muammo bo'lishi mumkin. Kaprari aynan uning o'rnida, hujumda esa Lazanya harakatlanish ehtimoli bor.

Birinchi davra uchrashuvida "Verona" "Lacio"ni yirik hisobda mag'lub etgan (4:1), Jovanni Simeone poker qayd etgan. Bu safar "Lacio" favorit, jamoa 5-o'rinni berib qo'ymaslik uchun bor kuchi bilan harakat qiladi. Qolaversa, "Verona" ham mavsumning ikkinchi yarmida unchalik yaxshi o'yin ko'rsatmayapti.


"Fiorentina" - "Yuventus" 

"Fiorentina" jangovar tarkib bilan ushbu o'yinga etib keldi. Kastrovilli o'yinni o'tkazib yuboradi, Pentek esa maydonga tushishi so'roq ostida turibdi. Biroq quvonarlisi, Niklas Gonsales yordamga shay turibdi. "Yuventus" haqida gapiradigan bo'lsak, intrigalar juda ko'p. O'tgan bahsda klubi bilan xayrlashgan Kellini va Dibala o'ynashi unchalik ham tushunarli emas. SHuningdek, mavsumning birinchi yarmini "fialkalar" safida o'tkazgan Vlaxovich uchrashuvda ishtirok etishi aniqmas.

Oxirgi, Italiya Kubogi doirasidagi o'yinda "Yuve" ishonchli tarzda g'olib bo'lgan (2:0), 1-davrada ham "keksa sinora" kuchliroq chiqqan. Ammo bukmekerlar ayni damda "fialkalar"ni yaqqol favorit deb hisoblashmoqda. Sababi, "Fiorentina"ga g'alaba muhimroq, ammo "Yuventus"ning ham imkoniyatlari yomon emas.


"Inter" - "Sampdoriya"

"Inter" hamon skudetto uchun kurashmoqda, lekin hammasi faqat "neradzurri"ga bog'liq emas. Tarkib bilan bog'liq muammolar yo'q, barcha etakchilar to'liq safda, faqatgina Darmianning o'rniga Dyumfris tushishi mumkin. Jadval holatiga ko'ra, "Sampdoriya" aniq elitada qoladi. SHunday ekan, Jampaolo shogirdlari bemalol harakat qilishlari mumkin. Kvayarella bahsni o'tkazib yuborish ehtimoli bor.

Jamoalar oxirgi marta uchrashganlarida durang qayd etilgan (2:2). Ammo bu gal "Inter" ustunroq va ancha yaxshi formada. Ushbu o'yinda "Sampdoriya"ga oson bo'lmasligi aniq.


"Sassuolo" - "Milan"

Dionizi ixtiyorida barcha futbolchilari bor, hammasi yaxshi formada. Klubga hech qanday bosim o'tkazilmayapti, shunday ekan, jamoa bemalol hujumkor o'yin ko'rsatishi mumkin. Hujum guruhi to'liq asosiy tarkibda maydonga tushadi va etakchiga muammo yaratishga urinib ko'radi. "Milan" esa ajoyib formada va ko'tarinki kayfiyatda hal qiluvchi o'yinga etib keldi. Hamma etakchilar safda va bosim o'tkazish uchun tayyor turishibdi.

"Sassuolo" birinchi davra bahsida 3:1 hisobida "Milan"ni mag'lub etgan. Biroq bukmekerlar so'zsiz "rossoneri"ni favorit sanab, "neroverdi"ga deyarli imkon qoldirishmayapti. Ammo bizning fikrimizcha, hammasi bunchalik oson emasdek. CHunki "Sassuolo"ning hujumda o'yini o'xshasa, u har qanday raqib uchun xavfli bo'lib qoladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing