So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

15 may 14:50
Yangiliklar

Boshqalar

"Hokim kubogi" musobaqalarining barcha g'olib va sovrindorlari aniqlandi

Teglar :  Hokim kubogi
Bugun “Hokim kubogi” sport musobaqalarining g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tishi haqida xabar qilgandik.

Milliy Olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan musobaqa uch hil sport turi - mini-futbol, voleybol va stol tennisi bo'yicha tashkil etildi.Bugun, 15 may kuni O'zbekiston futbol associaciyasiga qarashli suniy qoplamali maydonda "Hokim kubogi"ning hal qiluvchi final o'yini bo'lib o'tdi. Unda Toshkent shahar prokuraturasi hamda "Toshshaharbozorsavdo" uyushmasi jamoalari o'zaro hisob-kitob qilib olishdi.

Keskin va murosasiz kechgan bahsning asosiy vaqtida 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Qo'shib berilgan vaqtlarda ham kuchlar teng keldi. SHundan so'ng g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda "Toshshaxarbozorsavdo" uyushmasi jamoasi 2:1 hisobida g'alaba qozondi va musobaqa g'olibiga aylandi.

Bahs yakuniga etgach, stol tennisi, voleybol va mini-futbol bo'yicha bellashuvlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan jamoalarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unda Toshkent shahar hokimi o'rinbosari SHuhrat Bakiev ham qatnashdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga maxsus diplom, kubok va sovg'alar taqdim etildi. Marosim davomida sport faxriysi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi Axbor Imomxo'jaev so'zga chiqib, bellashuvlar qiziqarli kechganini, sport bilan muntazam shug'ullanish lozimligini alohida qayd etib o'tdi. G'olib va sovrindorlarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida omadlar tiladi.

Uch hil sport turi bo'yicha o'tkazilgan "Hokim kubogi" bahslarida g'olib va sovrindorlar ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:

Mini-futbol:

1-o'rin: “Toshshaharbozorsavdo” uyushmasi
2-o'rin: Toshkent shahar prokuraturasi
3-o'rin: “Suvsoz” DUK


Voleybol:

1-o'rin: Toshkent shahar Manaviyat va marifat boshqarmasi
2-o'rin: Toshkent shahar Xalq talimi bosh boshqarmasi
3-o'rin: Davlat raqobat qo'mitasining Toshkent shahar boshqarmasi


Stol tennisi:

1-o'rin: “Toshshaharbozorsavdo” uyushmasi
2-o'rin: Toshkent shahar Xalq talimi bosh boshqarmasi
3-o'rin: Toshkent shahar telefon tarmoqlari unitar korxonasi


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing