21 mar 07:30
Yangiliklar
Futbol
Hozirgina Keniya olimpiya terma jamoasi yurtimizga etib keldi
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 23 va 26 mart kunlari vodiyda Keniya olimpiya terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazishi haqida xabar bergan edik.
Keniya delegaciyasi Istambul orqali Toshkentga uchib keldi. Bugunning o'zidayoq afrikalik futbolchilar Andijonga yo'l olishadi. 23 mart kuni Andijondagi “Barkamol avlod” stadionida, 26 mart kuni esa Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida O'zbekiston OTJ - Keniya OTJ o'rtasida o'rtoqlik o'yinlari bo'lib o'tadi.
Avvalroq, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Keniyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlari uchun tarkibga jalb qilingan futbolchilar ro'yxati elon qilingandi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi kechadan Toshkentda yig'inga kirishdi.
Havola :
Fikrlar