16 iyu 10:35
Yangiliklar

Hua Shan Cup. O'zbekiston U-15 jamoasi Xitoyni kichik hisobda mag'lub etdi
O'zbekiston o'smirlar termasi ushbu turda mezbon Xitoy U-15 termasiga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yindagi yagona golga Jasur Jaloliddinov mualliflik qildi. Turnirning ikkinchi o'yinida Yaponiya o'smirlar termasi 3:0 hisobida CHexiyani taslim etdi.
Eslatib o'tamiz, dastlabki turda Dilshod Nuraliev shogirdlari CHexiya o'smirlar terma jamoasiga 1:3 hisobida yutqazib qo'ygandi. Musobaqaning so'nggi turi 17 iyul kuni bo'lib o'tadi. Unda Nuraliev shogirdlari Yaponiyaga qarshi bahs olib borsa, Xitoy o'smirlari CHexiya bilan kuch sinashadi.
Hua Shan Cup xalqaro turniri
O'zbekiston U-15 – Xitoy U-15 - 1:0
Gol: Jasur Jaloliddinov (11)
O'zbekiston U-15: Mo'minmirzo Qodirov, Hurshid Ubaydullaev, Jasur Abdulbekov, Temur Mamasiddiqov (Ruslan Ro'ziev, 89), Diyor Rahmonbekov, Jasur Jaloliddinov, Mironshox Sattorov, Doniyor Sobirov, Muhammadyusuf Nosirov (Sardor Abdurashidxo'jaev, 60 – Miraziz Saidov, 89), Igor CHirkizov (Bobur Sobirov, 82), Azamat Abdulhalilov (Abdurauf Bo'riev, 46).
Xitoy U-15: Guo Tong, Fan Ruivey, Abudu Rexeman, Su Bi, Jang Singliang, Gao Baxao, SHi Yan, Jang Yujie, Liang SHaoven, Lyu Siangchen, Jin Yixang.
Fikrlar