27 mar 08:17
Yangiliklar

"Humo" beshinchi o'yinda "Torpedo"ga mag'lub bo'lib, o'z ishini qiyinlashtirib yubordi
Bellashuv mezbonlarning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.
Bu jamoalar o'rtasidagi yarim final seriyasining beshinchi o'yini edi. Seriyadagi hisob 3:2 ko'rinishiga keldi, "Humo" oldinda.
30 mart kuni jamoalar o'rtasidagi ehtimoliy so'nggi bellashuv Toshkent shahrida o'tkaziladi. "Humo" unda g'alaba qozongan taqdirda final yo'llanmasiga ega chiqadi. "Torpedo" zafar quchsa, seriya yana davom ettiriladi.
Ikkinchi juftlikda esa kecha "Arlan" "Sariarka"ni 7:1 hisobida engib, g'alabalari sonini 4 taga etkazdi va ilk finalchiga aylandi.
Qozog'iston chempionati, yarim final (beshinchi o'yin)
"Torpedo" - "HUMO" 3:1 (2:0, 1:0, 0:1)
26 mart, Ust-Kamenogorsk, "B. Aleksandrov nomidagi muz saroyi"
Bosh hakamlar: Boryaev Anton Vladimirovich, Stupak Mixail Mixaylovich
CHiziq hakamlari: Iskakov Timur Muratovich, Dairov Damir Talgatovich.
Gollar: 1:0 - Evgeniy Sulimov 10, 2:0 - Nikita Kolobov 13, 3:0 - Andrey Lagunov 20, 3:1 - Vyacheslav Litovchenko 53.
"Torpedo": (1) Vladislav Pestov, (11) Stepan Aleksandrov (A), (3) Ivan Gavrilenko, (37) Vladimir Grebenshikov (A), (68) Dmitriy Gromov, (94) Daniyar Kairov, (9) Ilya Olendarenko, (35) Evgeniy Sulimov, (29) Aleksandr Akmaldinov (K), (67) Erik Aldabergenov, (99) Maksim Bazanov, (13) Ilya Klyauzov, (16) Nikita Kolobov, (75) Andrey Lagunov, (69) Nikita Merzlikin, (24) Maksim Musorov, (15) Aleksandr Panchenko, (10) Zaxar Parxomenko, (17) Stepan Rifel, (77) Yan Tyutyunkov, (76) Andrey Yakovlev.
"HUMO": (74) Konstantin Kozlovskiy, (35) Gleb Moiseev, (3) Edgars Siksna (K), (23) Stanislav Borovikov, (89) Mark-Emil Malishev, (27) Artyom Malcev, (86) Dmitriy Savrickiy, (88) Ivan Stepanenko, (63) Dmitriy SHulenin, (73) Egor Buyalskiy, (92) Dmitriy Grenc, (33) Aleksandr Derbenyov, (94) Egor Dorofeev, (70) Vladislav Dyukarev, (87) Vasiliy Jilov, (18) Danila Karaban, (7) Vadim Kravchenko, (51) Vyacheslav Litovchenko (A), (17) Artyom Lixotnikov (A), (10) Denis Ludcev, (15) Andrey Pavlenko, (26) Aleksandr SHevchenko.
Fikrlar