So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

11 dek 08:59
Yangiliklar

Xokkey

“Humo” bosh murabbiyi kechagi o'yin borasidagi fiklari bilan o'rtoqlashdi

Teglar :  XokkeyHumoZvezda
Xabar berganimizdek, kecha oqshom “Humo” jamoasi Oliy xokkey ligasi doirasidagi uchrashuvda Moskvaning “Zvezda” klubini qabul qilgandi.

Uchrashuv davomida 0:2 hisobida ortda borayotgan “Humo” xokkeychilari serena chalinguniga qadar muvozanatni tiklashga ulgurishdi - 2:2. Overtaymda hisob o'zgarmadi. Bullitlar seriyasida esa omad moskvaliklarga kulib boqdi. Ushbu g'alaba evaziga “Zvezda” turnir jadvalida 2-o'ringa ko'tarilib oldi. 

Etiborlisi, joriy mavsumda “Humo” xokkeychilari to'rtinchi marotaba bullitlar seriyasida mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. Hali biror marta lotoreyalar bahsida xokkeychilarimizga omad kulib boqmadi. Uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida “Humo” bosh murabbiyi Evgeniy Popixin o'yin haqida o'z fikkini bildirdi. 

- Birinchi periodda raqib bizni har tomonlama mag'lub etdi, - deya so'z boshladi "Humo" ustozi. - Moskvaliklar tezkor harakatlar evaziga xokkeychilarimizdan ustunlikka erishishdi. Ikkinchi bo'limda o'yin surati tenglashdi. Lekin baribir mehmonlar bizga qaraganda xavfli va shu bilan birga qulay vaziyatlarni ko'proq sodir etishdi. Ayniqsa, qarshi hujumlar o'ta xavfli chiqdi. Uchinchi periodda tashabbus biz tomonga o'tdi va buning natijasida 2 ta shayba kiritib, muvozanatni tikladik - 2:2. Overtaymda “Zvezda”da ikkita golga tortadigan xavfli vaziyat bo'ldi. Smiryagin bizni qutqardi. Bullitlar seriyasida tajribali xokkeychilar masuliyatni zimmalariga olishlari kerak edi. Voronin birinchi bullitni golga aylantirdi. Smiryagin zarbani qaytardi va bu bilan g'alabaga umid uyg'ongandi. Afsuski, qolgan xokkeychilarimiz o'z imkoniyatlaridan foydalana olmadilar. Bullitlarni mashq qilishda davom etamiz. Kuchli raqibga qarshi bahsda bir ochkoni qo'lga kiritdik. Ayni pallada biz uchun har bir ochko oltinga teng!


- So'nggi  daqiqa o'tib borayotgan taym-aut oldinglar. Bu yigitlarni qo'shimcha ruhlantirish uchun qilingan qarormidi?

- Statistika bo'yicha so'nggi 25 soniyada xatolar foizi 70 foizga etarkan. Yani, shuncha foiz holatda xato evaziga shayba o'tkazib yuborish va buning oqibatida mag'lubiyatlar qayd etilar ekan. Taym-aut olishimizdan asosiy maqsad ham shu edi.  

- Odatda kunora o'ynaydigan “Humo” bu safar bir necha kun ko'proq dam oldi. Qaysidir manoda xokkeychilarimiz o'yin ritmidan chiqib ketishdi. Balki, shu holat ham bugungi o'yiiga salbiy tomondan tasir o'tkazgandir?

- Jarohat, shamollash kabi omillar ko'proq tasir o'tkazdi, degan bo'lardim. Ikki hafta o'ynamagan Artyom Voronin ketma-ket uchta uchrashuvdan beri muzda. Xitoyga safarimiz davomida Grigorenko, Yacenko va Anisin shamollab qolishdi. Temperatura natijasida bir hafta mashg'ulotlarda ham qatnasha olishmadi. Agar bu kabi omillar bizni chetlab o'tganida, natija bundan ham yaxshiroq bo'lardi. Kuchli raqiblarga qarshi o'yinlada eng muhimi xarakter ko'rsata bilish. Bugun darvozabonimiz o'yin qahramoni bo'ldi. 


- Birinchi periodda shaybani qabul qilib olish va aksincha jamoadoshiga etkazib berishda xatoliklarga yo'l qo'ydi. Sodda qilib aytganda “braklar” ko'p bo'ldi. Balki, bugun kuchli raqibning salobati va hayajoni bosgandir?

- Yo'q. Men bunday fikrda emasman. O'yin deyarli teng suratda o'tdi. Ha, raqib kuchli va bunga hech qanday etiroz yo'q. Boshqa tomondan “Zvezda”ga qarshi kuchli klublar bilan o'yinlar har turda ham bo'lavermaydi. “Zvezda”, “SKA-Neva” kabi kuchli jamoalarning yosh xokkeychilari ham xuddi kattalar singari harakat qilishadi. Men sanab o'tgan jamoalarning o'yin uslubi boshqalarnikidan keskin farq qiladi. Bizning aksariyat xokkeychilar esa o'tgan yili quyi ligada o'ynashgan edi. VXL esa MXL emas, umuman boshqa saviya! 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing