30 noy 12:02
Yangiliklar
"Humo" himoyachisi Mark Rubinchik va hujumchi Javohir Rasulov jarohat olib safdan chiqdi
Ayni damda xokkey bo'yicha Qozog'iston Pro-Ligasida ikkinchi o'rinda borayotgan Toshkentning "Humo" xokkey klubi jarohatlangan xokkeychilari bo'yicha malumot berdi.
Unga ko'ra, 96-raqamli himoyachi Mark Rubinchik tanasining past qismidan og'ir jarohat olgan va u tiklanish jarayonida. Matbuot xizmati tarqatgan malumotga ko'ra, Rubinchik bu mavsumda boshqa muzga chiqa olmaydi.
Bundan tashqari, 66-raqam egasi, o'zbekistonlik xokkeychilardan biri Javohir Rasulov ham tanasining past qismidan jarohat olgan va u kamida 3 haftani o'tkazib yuboradi.
"Humo" xokkey klubi Pro-Ligadagi navbatdagi o'yinini 9 dekabr kuni Toshkentda "Arlan" jamoasiga qarshi o'tkazadi. "Qanotlilar" ayni damda musobaqa jadvalining ikkinchi pog'onasidan o'rin olgan.
Fikrlar