01 noy 12:13
Yangiliklar
Xokkey
"Humo" hujumchisi, himoyachisi va darvozaboni o'z poziciyasi bo'yicha Qozog'iston chempionatida eng yaxshisi bo'lib turibdi + FOTO
Xokkey bo'yicha Qozog'iston Muntazam chempionatida ikkinchi oy o'yinlari ham yakunlandi.
Hozirga kelib, jamoalar 20 ta o'yin o'tkazib ulgurishdi.
Etiborlisi, "Humo" xokkeychilari har bir poziciya bo'yicha chempionatda eng yaxshi natijaga ega bo'lib turishibdi.
Jumladan, hujumchi Vadim Kravchenko to'purarlar poygasida peshqadam. U 20 ta o'yinda 18 ta shayba kiritgan va 11 ta assist amalga oshirgan holda 29 ochko muallifiga aylangan.
Ilya Nazarevich esa chempionatda himoyachilar orasidagi eng yaxshi natijani qayd etmoqda. U 18 ta o'yinda 6 ta shayba kiritgan va 13 ta assist amalga oshirgan.
"Qanotlilar" poydevori, yani darvozabon Damir SHaymardanov esa musobaqada eng yaxshi darvozabon bo'lib turibdi. Posbon 20 ta o'yinda muzga chiqqan. U zarbalarning 95,8 %ni bartaraf eta olgan.
Havola :
Fikrlar