11 avg 17:02
Yangiliklar
Xokkey
"Humo" jamoasi 2002 yilda tug'ilgan himoyachini o'z tarkibiga qo'shib oldi
Xokkey bo'yicha Toshkentning "Humo" klubi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.
Jumladan, rossiyalik Sergey Mojaev endilikda "qanotlilar" safida o'ynaydi. Himoyachi 2002 yil 14 oktyabr kuni Moskva shahrida tug'ilgan. U "Yastreby" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'tgan mavsumni Orenbrgning "Sarmaty" klubi bilan MXLda o'tkazib, 49 ta o'yinda muzga chiqdi va 14 ochko (6+8) ishladi. Mojaev MXLda umumiy hisobda 202 ta o'yin o'tkazib, 38 ochko (13+25) jamg'argan.
Sergey Mojaev jamoa safida 68-raqamda o'ynaydi.
Havola :
Manba : hchumo.uz
Fikrlar