So’nggi yangiliklar

18:07Жаҳон рейтинги янгиланди: таэквондочиларимизнинг ҳолати қандай? 0 17:46АПЛ 1-тур ўйинлари бир дақиқалик сукут билан бошланади 0 17:23Мужибилло Турсунов WBC Гран-присидаги ғалабали юришини давом эттирди 0 16:59UFC жангчиларнинг гонорар ва бонусларини оширади 0 16:38ATFC кейинги турнирини Гулистонда ўтказади 0 16:17Иноуэ — Аҳмадалиев жанги учун чиқарилган чипталар икки соатда сотиб бўлинди 0 15:56Йоахим Лёв Ўзбекистон терма жамоаси таклифига жавоб берди 0 15:35Конор Макгрегор: "Хайр, PPV! Мен қирол эдим" 0 15:14Ўзбекистон пара каноэ терма жамоаси Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 14:53Нурсултон Рўзибоев: "Менда ҳам тил бор" 0 14:32Жанлуижи Доннарумма АПЛ жамоаси билан келишувга эришди 0 14:11"Мен овчиман, қурбон эмас" - Дю Плесси Чимаевга қарши жанг ҳақида 0 13:50Шара Буллет навбатдаги жангини қачон ўтказиши ҳақида гапирди 0 13:29Анвар Анваров Венгриядаги турнирда бронза медалини қўлга киритди 0 13:08"Ливерпуль" Англия терма жамоаси футболчиси билан шахсий шартнома бўйича келишувга эришди 0

12 apr 21:39
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" jamoasi Qozog'iston Ochiq chempionati 2022-2023 yilgi mavsum kumush medallarini qo'lga kiritdi!

Teglar :  HumoNomad
Xokkey bo'yicha Qozog'iston ochiq chempionati finali doirasida beshinchi o'yin yakunlandi.

Toshkentning "Humo" xokkey jamoasi Qozog'iston Ochiq chempionati finali doirasidan o'rin olgan beshinchi uchrashuvda Ostona shahrining "Nomad" jamoasiga qarshi muzga chiqdi. Uchrashuv 0:3 hisobida qozog'istonliklar foydasiga yakunlandi. Mazkur o'yindan so'ng final o'yinlari seriyasidagi hisob "Nomad" foydasiga 4:1 ko'rinishiga keldi va jamoa Qozog'iston Ochiq chempionati g'olibiga aylandi. Ikki yillik tanaffusdan so'ng turnirlarda ishtirok eta boshlagan "Humo" esa o'zining ilk mavsumida Qozog'iston Ochiq chempionati kumush medallariga ega chiqdi.

Qozog'iston ochiq chempionati. Final. 5-o'yin

"HUMO" - "Nomad" 0:3 

12 aprel - 19:30, Toshkent, "Humo Arena".

Bosh hakamlar: CHubenko Konstantin Vladimirovich, Sobolev Sergey Vitalevich

CHiziq hakamlari: Mashenkin Vladislav Mixaylovich, Iskakov Timur Muratovich

Gollar: 0:1 - Andrey Runov 1, 0:2 - Andrey Runov 43, 0:3 - Mixail Rahmonov 59.

"HUMO": (62) Roman Smiryagin, (3) Aleksandr Dryagilev, (39) Nikita Zimin, (81) Aleksey Kirillov, (28) Daniil Kurashov, (35) Evgeniy Sulimov, (51) Stanislav Tunxuzin, (23) Vadim CHebotarev, (19) Dmitriy Arxipov, (82) Artyom Valeev, (94) Egor Dorofeev, (64) Vladimir Juravlev, (18) Igor Ignatushkin (K), (7) Vadim Kravchenko, (45) Anton Rextin (A), (22) Pavel Sinyavskiy, (71) Maksim Trunev (A), (26) Ivan Fishhenko, (17) Timur SHingareev, (55) Denis SHurakov.

"Nomad": (43) Andrey SHutov, (87) Adil Beketaev, (25) Danil Butenko, (65) Samat Daniyar, (71) Madi Dixanbek, (31) Artyom Korolyov, (79) Aleksandr Pelevin (K), (27) Abylayxan Suleymenov, (78) Oleg Teterin, (42) Stanislav Aleksandrov, (5) Oleg Boyko, (48) Dmitriy Gurkov, (19) Kirill Kazakov, (16) Nikita Kolobov, (17) Dmitriy Makeev (A), (18) Batyrlan Muratov, (23) Maksim Muxametov (A), (98) Aldiyar Nұrlan, (14) Alixan Omirbekov, (76) Mixail Raxmanov, (52) Andrey Runov.

"Humo" jamoasiga tarixiy mavsum uchun minnatdorchilik bildiramiz va keyingi faoliyatiga omad tilaymiz!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing