14 noy 11:37
Yangiliklar
"Humo" keyingi o'yinlarini 18-19 noyabr kunlari Toshkentda chempionat peshqadamiga qarshi o'tkazadi
"Qanotlilar" bu safar chempionatda birinchi o'ringa ko'tarilib olgan "Arlan" jamoasiga qarshi muzga chiqishadi.
18 noyabr, 17:00
"Humo" (Toshkent) - "Arlan" (Kokshetau)
19 noyabr, 17:00
"Humo" (Toshkent) - "Arlan" (Kokshetau).
Malumot uchun, Toshkentning "Humo" jamoasi Muntazam chempionat jadvalida 26 ta o'yindan so'ng 42 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Qizig'i, birinchi o'rindagi "Arlan" hisobida ham 42 ochko bor, ammo raqiblarimiz bizdan ikkita kam o'yin o'tkazishgan.
Jamoalar o'rtasida oktyabr oyida o'tkazilgan har ikki uchrashuvda "Arlan" g'alaba qozongan edi (4:3 (OT), 3:2 (OT)).
Takidlash joiz, "Humo" va "Arlan" o'rtasida shu kungacha 8 ta o'yin o'tkazilgan va ularning 5 tasida toshkentliklar g'alaba qozonishgan, qolgan 3 ta o'yinda esa "Arlan" zafar quchgan.
Fikrlar