01 fev 08:36
Yangiliklar
"Humo" Muntazam chempionat doirasida "Nomad"ni sochib tashladi
Toshkentning "Humo" klubi o'z maydonida Qozog'istonning "Nomad" jamoasini qabul qilib, yirik 6:1 hisobida zafar quchdi. Vadim Kravchenko, Javohir Rasulov, Egor Buyalskiy, Aleksandr Derbenyov, Artyom Malcev va Denis Ludcev kiritilgan gollarga mualliflik qilishdi. Mehmonlar safidagi yagona shayba Kirill Nikitin hisobiga yozildi.
Kechagi g'alaba evaziga "Humo" 56 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinni mustahkamlab oldi. "Nomad" esa 35 ochko bilan 8-pog'onada qoldi. Ikkala jamoa muddatidan avval pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritgan.
Jamoalar shu kungacha 17 marotaba to'qnash kelishgan, ularning 10 tasida "Humo", qolganida esa "Nomad" vakillari zafar quchishgan. Bugun jamoalar o'rtasidagi ikkinchi uchrashuv o'tkaziladi. CHempionatning so'nggi o'yini soat 17:00da "Humo Arena"da boshlanadi.
Fikrlar