01 fev 19:31
Yangiliklar
"Humo" Muntazam chempionatni g'alaba bilan yakunladi, navbat pley-offga!
Hozirgina "qanotlilar" o'z maydonida Qozog'istonning "Nomad" jamoasini qabul qilib, 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Kechagi ilk o'yinda "Humo" yirik 6:1 hisobida zafar quchgandi. Bugun Denis Lyudcev, Andrey Pavlenko va Vyacheslav Litovchenko kiritilgan gollarga mualliflik qilishdi. Mehmonlar safidagi yagona shaAli Kasenov hisobiga yozildi.
Bugungi g'alaba evaziga "Humo" 58 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda mustahkam qoldi. Peshqadam "Torpedo" jamoasi ketma-ket ikki mag'lubiyatiga qaramay, 58 ochko bilan shaybalar nisbatiga ko'ra 1-o'rinni band etgan. "Nomad" esa 35 ochko bilan 8-pog'onani egallab turibdi va bu o'rindan pastga tushib ketmaydi. Ikkala jamoa ham muddatidan avval pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritib ulgurgandi.
Jamoalar shu kungacha bugungisi bilan qo'shib hisoblasak, 18 marotaba to'qnash kelishgan, ularning 11 tasida "Humo", 7 tasida "Nomad" zafar quchgan. Endi jamoalar pley-off bosqichida chempionlik uchun kurashni davom ettirishadi.
Fikrlar