27 jan 16:55
Yangiliklar
Xokkey
"Humo" navbatdagi o'yinini safarda o'tkazadi
Toshkentning "Humo" xokkey klubi Qozog'iston ochiq chempionatidagi keyingi o'yinini 30 yanvar kuni "Gornyak" jamoasiga qarshi o'tkazadi.
O'yin Rudniy shahridagi "Gornyak Arena"da, Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.
Turnir jadvalida "Humo" ayni damda 72 ochko bilan ikkinchi, "Gornyak" esa 47 ochko bilan ettinchi o'rinni egallab turibdi.
"Humo" va "Gornyak" o'rtasida shu kungacha 13 ta o'yin o'tkazilgan, ularning 9 tasida "qanotlilar", 4 tasida esa rudniyliklarning qo'li baland kelgan.
Eslatib o'tamiz, "Humo" jamoasi kecha Toshkentda "Kulager"ni qabul qilib, 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar