So’nggi yangiliklar

09:59"Нефтчи" билан чемпионликни қўлга киритган футболчи "Навбаҳор"га ўтди 0 09:38Тайсон Фьюрига кутилмаган рус боксчиси рақиб сифатида бериляпти 0 09:17Кайо Борральонинг навбатдаги жанги ҳақида маълумот берилди 0 08:56Бо Никал Йоэл Ромеродан чемпионлик камарини ҳимоя қиладими? 0 08:35Ўзбекистон вакиллари ФИФАнинг "The Best" мукофоти учун кимларга овоз берди? 0 08:14Пэдди Пимблетт - Жастин Гэтжи жанги учун захира варианти айтилди 0 07:53Илҳом Назимовнинг RIZIN промоушенидаги навбатдаги жанги тасдиқланди 0 07:32UFC ярим ўрта вазн рейтингида бу йил умуман жанг ўтказмаган Раҳмонов кўтарилди 0 07:11Испания Кубоги. "Барселона" учинчи дивизион жамоасини мағлуб этди 0 19:0046 ёшли Пакьяо 2026 йилдаги режасини очиқлади 0 18:38Фёдор Емельяненко Нганну - Немков эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 18:15"Менга Чимаев эмас, UFC камари керак" - Нассурдин Имавов 0 17:40Шомуродов рамзий жамоадан жой олди 0 17:17Илия Топурия Пэдди Пимблеттга бўлган муносабати ҳақида гапирди 0 16:41"Шундагина унинг имконияти бўлади". Жастин Гэтжи Пэдди Пимблетт уни қандай мағлуб этиши мумкинлигини айтди 0

12 sen 21:21
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" "Nomad"ga qarshi ikkinchi o'yinini o'tkazdi

Teglar :  HumoNomad
Bugun poytaxtimizda "Humo" jamoasi "Nomad"ga qarshi ikkinchi o'yinini o'tkazdi.

Bugun xokkeychilarimiz qozog'istonlik raqiblariga qarshi ikkinchi o'yin doirasida muzga chiqishdi. Kecha bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda xokkeychilarimiz "Nomad"ga 2:4 hisobida mag'lub bo'lishgan edi. Bugun esa 2:1 hisobida o'ziga xos revansh olindi. Ushbu g'alabadan so'ng xokkeychilarimiz ikki ochko jamg'argan holda jadvalning oltinchi pog'onasidan o'rin oldi. Navbatdagi o'yin 15 sentyabr kuni Toshkentda "Gornyak" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Ushbu jamoa beshinchi o'rinda joylashgan. Aytish mumkinki, ushbu o'yin qizg'in o'tishi aniq.

------------------------------------------------------------------------

"Humo" – "Nomad" 2:1

12 sentyabr, "Humo Arena" muz saroyi, 1784 tomoshabin

Gollar: 1:0 – 1 Karavaev, 1:1 — 57 Omirbekov, 2:1 — qo'shimcha bo'limning ilk daqiqasida Ignatushkin.

"Humo" – Roman Smiryagin, Damir SHaymardanov, Stanislav Borovikov, Denis Davydov, Aleksandr Dryagilev, Nikita Zimin, Daniil Kurashov, Mark Rubinchik, Vadim CHebotarev, Egor Dorofeev, Vladimir Juravlev, Igor Ignatushkin, Andrey Karavaev, Denis Kondratev, Vadim Kravchenko, Andrey Legalin, Maksim Nazarov, Artyom Pylaev, Javoxir Rasulov, Anton Rextin, German Saukov, Maksim Trunev.

"Nomad" – Roman Kalmykov, Artyom SHestakov, Tamirlan Gaytamirov, Madi Dixanbek, Artyom Korolyov, Kirill Nikitin, Emil Nurgaliev, Aleksandr Pelevin, Oleg Teterin, Eduard SHetle, Stanislav Aleksandrov, Oleg Boyko, German Grachev, Kirill Kazakov, Nikita Kolobov, Vsevolod Logvin, Dmitriy Makeev, Abay Mangisbaev, Maksim Muxametov, Alixan Omirbekov, Andrey Runov, Nikolay SHulga.

Matnli translyaciya

------------------------------------------------------------------------

Uchrashuv yakunlandi.

Qo'shimcha besh daqiqalik bo'lim, 1-daqiqa. Vaaaaaaa shaybaaaaaaaa. 2:1. G'ALABAAAAAAAA! "Humo" xokkeychilari qo'shimcha bo'limda gol kiritib, ikki ochkoga ega bo'lishmoqda. 18-raqamdagi Igor Ignatushkin g'alaba goli muallifi!

Qo'shimcha besh daqiqalik bo'lim, 1-daqiqa. Qo'shimcha bo'lim start oldi, olg'a "Humo".

----------------------------------------------------------------

3-bo'lim, 20-daqiqa. 3-bo'lim ham o'z yakuniga etdi. Tayyor g'alaba qo'ldan boy berildi. Navbat overtmaymga, ungacha esa yana kichik tanaffus.

3-bo'lim, 18-daqiqa. "Humo" to'liq tarkibda o'ynamoqda.

3-bo'lim, 17-daqiqa. Afsus. Uchrashuv yakuniga 3 daqiqa qolgan bir paytda raqiblarimiz shayba kiritishdi. 14-raqamli Alixan Omirbekov shayba muallifi.

3-bo'lim, 15-daqiqa. Maksim Trunyov chetlatildi. "Humo" ikki kishi kam bo'lib qoldi.

3-bo'lim, 15-daqiqa. O'yin teng kurashlar ostida kechmoqda. Nisbatan kichik ustunlik raqiblarimizda. Darvozabonimiz Smiryaginga yordam kerakka o'xshayapti, yo'q hayriyatki hammasi joyida.

3-bo'lim, 9-daqiqa. Yana bir xavfli vaziyat xokkeychilarimizdan yuz o'girdi.

3-bo'lim, 7-daqiqa. Haaa, bugun "Humo" xokkeychilaridan omad yuz o'girmoqda, bu aniq.

3-bo'lim, 3-daqiqa. "Humo" o'yinchilari maydon markazini o'ziniki qilishga harakat qilmoqda.

3-bo'lim, 1-daqiqa. Katta ehtimol bilan so'nggi bo'limning guvohiga aylanishimiz mumkin. Olg'a "Humo".

----------------------------------------------------------------

O'n etti daqiqalik tanaffus elon qilindi o'yinda.

2-bo'lim, 20-daqiqa. Nisbatan sokin o'tgan ikkinchi bo'lim ham o'z yakuniga etdi.

2-bo'lim, 18-daqiqa. "Humo"da yaxshi imkoniyat yuzaga kelgan edi. Ammo "Nomad" himoyachilari yaxshi harakat qilishdi.

2-bo'lim, 17-daqiqa. "Humo" to'liq tarkibda.

2-bo'lim, 15-daqiqa. "Humo" o'yinchisi Vadim Kravchenko ikki daqiqaga chetlatildi. 

2-bo'lim, 15-daqiqa. "Nomad" ham ustunlikni qo'lga olishga harakat qilmoqda. Roman Smiryagin yana bir bor "toshkent devori" ekanini isbotladi.

2-bo'lim, 10-daqiqa. "Humo"dan ketma-ket xavfli vaziyatlar.

2-bo'lim, 9-daqiqa. "Nomad" to'liq tarkibda.

2-bo'lim, 7-daqiqa. "Nomad"da chetlatish. Huddi shu daqiqada "Humo"da golli vaziyat yuzaga kelgan edi.

2-bo'lim, 5-daqiqa. "Nomad" xokkeychilari tempni oshirishdi.

2-bo'lim, 1-daqiqa. Ikkinchi bo'lim start oldi.

----------------------------------------------------------------

17 daqiqalik tanaffus elon qilindi.

1-bo'lim, 20-daqiqa. Uchrashuvning ilk daqiqasi 1:0 hisobida "Humo" foydasiga hal bo'ldi.

1-bo'lim, 16-daqiqa. O'yinda kichik to'xtalishlar yuzaga kelmoqda.

1-bo'lim, 14-daqiqa. "Nomad" to'liq tarkib bilan o'ynayapti.

1-bo'lim, 14-daqiqa. "Humo"da ham Daniil Kurashyov to'rt daqiqaga chetlatildi.

1-bo'lim, 13-daqiqa. "Nomad"da chetlatish. 

1-bo'lim, 13-daqiqa. Haaaa, uchrashuvda mushtlashuvlar ko'paymoqda. Va bu borada ham "Humo" oldinda.

1-bo'lim, 9-daqiqa. Ikkala jamoadan ham bir kishi chetlatildi. Mushtlashuv uchun.

1-bo'lim, 9-daqiqa. Ilk chetlatish "Nomad"da. Ular endi bir kishi kam.

1-bo'lim, 7-daqiqa. O'yin hozircha teng kurashlar ostida kechmoqda.

1-bo'lim, 1-daqiqa. Goooooooooooooooll. Humo ilk daqiqadayoq shayba kiritmoqdaaaaa. 57-raqamdagi Andrey Karavaeeeeev ilk shayba muallifi!

1-bo'lim, 1-daqiqa. Uchrashuv start olmoqda. Uchrashuvni futbolimiz afsonasi Mirjalol Qosimov boshlab bermoqda.

----------------------------------------------------------------

Uchrashuv 19:00da strat oladi.

Bosh hakamlar: Moraev Timur, Konstantin CHubenko.

"Humo"ning kengaytirilgan tarkibi: Roman Smiryagin, Damir SHaymardanov, Stanislav Borovikov, Denis Davydov, Aleksandr Dryagilev, Nikita Zimin, Daniil Kurashov, Mark Rubinchik, Vadim CHebotarev, Egor Dorofeev, Vladimir Juravlev, Igor Ignatushkin, Andrey Karavaev, Denis Kondratev, Vadim Kravchenko, Andrey Legalin, Maksim Nazarov, Artyom Pylaev, Javoxir Rasulov, Anton Rextin, German Saukov, Maksim Trunev.

"Nomad"ning kengaytirilgan tarkibi: Roman Kalmykov, Artyom SHestakov, Tamirlan Gaytamirov, Madi Dixanbek, Artyom Korolyov, Kirill Nikitin, Emil Nurgaliev, Aleksandr Pelevin, Oleg Teterin, Eduard SHetle, Stanislav Aleksandrov, Oleg Boyko, German Grachev, Kirill Kazakov, Nikita Kolobov, Vsevolod Logvin, Dmitriy Makeev, Abay Mangisbaev, Maksim Muxametov, Alixan Omirbekov, Andrey Runov, Nikolay SHulga.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing