So’nggi yangiliklar

09:49Хабиб Нурмагомедов фаолиятидаги энг қийин жангни айтди 0 09:20Роналду имиджини ўзгартирди + ФОТО 0 08:56Боксчимиз рақибидан 13,6 кг енгил тош босди, камар учун жанг қиладиган Мирзахалилов меъёрни бажарди + ФОТО 0 08:32Ислам Махачев Йен Гэрри билан жангдан кейин тез қайтмоқчи 0 21:57Двалишвили Нурмагомедовга "ответ" қилди: "Сизлар майда одамсизлар" 0 21:29"Милан" 4 футболчисини трансферга қўяди 0 20:55"Туран жангчиси" UFC`дан четлатилди 0 20:22Ислам Махачевга Конорга қарши бокс жанги таклиф қилинди 0 19:58Кудерметова Cincinnati Open саралаши финалига йўл олди 0 19:33Маркиньос ПСЖ билан 40-совринини қўлга киритди 0 19:00Тошкент мезбонлик қиладиган World Boxing Жаҳон кубоги финал турнирининг саналари ўзгарди 0 18:08Астана Челленжери. Сергей Фомин ҳам ғалабали юришини давом эттирмоқда 0 17:30Қозоғистон президенти Шавкат Раҳмоновнинг отаси вафотига муносабат билдирди 0 16:46“Барселона” вингери операция қилинди 0 16:04ИНТЕРВЬЮ. UFC собиқ жангчиси Маҳмуд Мурадов билан суҳбат 0

28 noy 11:13
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" o'z uyida "Torpedo"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi, "Tashkent Select"da esa g'alaba

Xokkey bo'yicha Qozog'iston Pro Xokkey ligasi va yoshlar chempionati davom etmoqda.

Qozog'iston chempionatida ishtirok etayotgan Toshkentning "Humo" xokkey klubi kecha o'z uyida Ust-Kamenogorsk shahrining "Torpedo" jamoasini qabul qildi.

O'yinning asosiy vaqti hamda overtaymda hisob 2:2 ko'rinishida bo'ldi. Bullitlar seriyasida esa omad qozog'istonliklarga kulib boqdi — 2:3.

Mazkur o'yindan keyin "Humo"ning ochkolari soni 24 tani tashkil etmoqda, "qanotlilar" turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi. Musobaqa peshqadami bo'lib turgan "Torpedo" hisobida esa 33 ochko mavjud. Bugun jamoalar o'rtasidagi ikkinchi o'yin tashkil etiladi.

Bundan tashqari, kecha Qozog'iston yoshlar chempionatida ishtirok etayotgan "Tashkent Select" jamoasi Atirauning "Jas Batir" klubi mehmoni bo'ldi va overtaymda 4:3 hisobida g'alabani ilib ketdi.

Bir kun oldin o'tkazilgan ilk o'yinda qozog'istonlik yosh xokkeychilar 14:3 hisobida zafar quchgan edi.

G'alabadan keyin toshkentliklarning ochkolari soni 8 taga etdi. Ular turnir jadvalida 11-o'rinda bormoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing