07 iyu 15:54
Yangiliklar
Xokkey
"Humo" o'zbekistonlik xokkeychilar Javohir Rasulov va Daniel Kogan bilan shartnomani uzaytirdi
Bu haqda Toshkent xokkey klubining matbuot xizmati xabar berdi.
"Rasulov va Kogan yana biz bilan! Hujumchi Javohir Rasulov va himoyachi Daniel Kogan "Humo" bilan yangi shartnomalar imzoladilar. Rasulov jamoaning asosiy eski o'yinchilaridan, uning uchun bu o'z shahridagi to'rtinchi mavsum bo'ladi, Kogan uchinchi mavsumini Toshkentda o'tkazadi.
Biz yigitlarni safimizda qarshi olamiz va ko'k-to'q sariq rangda muvaffaqiyatlar tilaymiz!", deyiladi "Humo" xabarida.
Malumot uchun, Javohir Rasulov o'tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida "Humo" tarkibida 52 ta o'yinda muzga chiqib, 5 ochko (3+2) ishlagan. Kogan esa o'tgan mavsum "qanotlilar" uchun 10 ta o'yin o'tkazib, bitta shayba muallifiga aylangan edi.
Havola :
Manba : hchumo.uz
Fikrlar