06 noy 15:26
Yangiliklar
Xokkey
"Humo" qaytyapti: jamoa O'zbekiston ochiq chempionatida ishtirok etishini tasdiqladi. Bugun ilk o'yin!
Toshkentning "Humo" xokkey klubi 2025–2026 yilgi mavsumni O'zbekiston Respublikasi ochiq chempionatida o'tkazadi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Jamoamiz sovrin uchun kurashadigan beshta jamoadan biri bo'ladi. Raqiblarimiz orasida Qirg'iz Respublikasi va O'zbekistondan ikkitadan jamoa bo'ladi. Musobaqaning dastlabki safar o'yinlari yaqin kunlarda Bishkekda o'tkaziladi.
Jamoa tarkibi va o'yinlar jadvali haqida yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzatib boring", deyiladi xabarda.
"Qanotlilar"ning chempionatdagi ilk o'yini bugun safarda "Uchur" (Qirg'iz Respublikasi) klubiga qarshi bo'ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da "Bishkek Arena"da boshlanadi.

Havola :
Manba : t.me/hc_humo
Fikrlar