10 noy 10:43
Yangiliklar
Xokkey
"Humo" sobiq darvozaboni, "Toshkent devori" faoliyatini Qozog'istonda davom ettiradi
Darvozabon Roman Smiryagin faoliyatini Atirau shahrining "Beybaris" klubida davom ettiradigan bo'ldi.
Roman Smiryagin o'tgan mavsum Toshkentning "Humo" jamoasi safida Qozog'iston Muntazam chempionatining 26 ta o'yinida muzga chiqqan va 92,8 % zarbalarni qaytarishga muvaffaq bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, "Humo" 12-13 noyabr kunlari Qozog'iston Muntazam chempionati doirasida "Beybaris" klubi mehmoni bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar