So’nggi yangiliklar

10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0 11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0 09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0

31 dek 10:32
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" xokkeychilari Qozog'iston chempionatida dekabr oyining eng yaxshilari bo'lishdi

Dekabr oyida Toshkentning "Humo" xokkey klubi Qozog'iston chempionatida 20 imkoniyatli ochkodan 15 tasini qo'lga kiritdi.

SHu bois, dekabr oyi reytingidagi barcha nominaciyalar bo'yicha g'oliblikni Toshkent jamoasi vakillari qo'lga kiritishdi.

Eng yaxshi darvozabon – Konstantin Kozlovskiy ("Humo")

Kozlovskiy "Humo"ning muvaffaqiyatida katta rol o'ynadi. U muzga tushgan 7 o'yinning 6 tasida jamoa g'alaba qozondi. Yagona mag'lubiyat "Beybarys"ga qarshi o'yinda qayd etildi (1:0). O'rtacha hisobda u har o'yinda 1,61 gol o'tkazib yubordi va zarbalarning 93,15% ni qaytardi. Darvozabon dekabr oyida jami 372 daqiqa va 26 soniya muzda bo'lib, bu ko'rsatkich bo'yicha liganing eng yaxshi natijasini qayd etdi.

Eng yaxshi himoyachi – Edgar Siksna ("Humo")

Uchrashuvlarning dastlabki uch oyi davomida Siksna 9 ochko to'plagan bo'lsa, dekabrda uning hisobiga 7 ochko qo'shildi: u bitta gol urdi va 6 golli uzatma berdi (+2 foydalilik ko'rsatkichi). Ushbu o'yinlar davomida himoyachi atigi 4 jarima daqiqasi ishladi.

Eng yaxshi hujumchi – Vadim Kravchenko ("Humo")

Tajribali hujumchi dekabrda jamoasiga sezilarli darajada yordam berdi. Kravchenkoning hisobida 7 gol va 6 golli uzatma bor (+5 foydalilik ko'rsatkichi). U 10 o'yindan 8 tasida ochko to'pladi. Agar u ochko to'plamagan bo'lsa, jamoa mag'lub bo'lgan. SHu jumladan, bir xet-trik qayd etdi, ikki goli “Humo” uchun hal qiluvchi bo'ldi. Kravchenko dekabr oyida 56 marta darvozaga zarba yo'llab, liganing eng ko'p zarba bergan o'yinchisi bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing