12 noy 07:01
Yangiliklar
Xokkey
"Humo" xokkeychilari Qozog'iston tarkibida Osiyo chempioni bo'lishdi
Qozog'istonning Olma-Ota shahrida xokkey bo'yicha kattalar o'rtasidagi ilk Osiyo chempionati o'tkazildi.
Musobaqada Qozog'iston, Xitoy, Yaponiya va Koreya Respublikasi terma jamoalari ishtirok etdi.
Avval xabar berganimizdek, Toshkentning "Humo" xokkey klubida faoliyat olib borayotgan uch nafar xokkeychi — himoyachi Ivan Stepanenko hamda hujumchilar Dmitriy Grentc va Artyom Lixotnikov Qozog'iston terma jamoasi safida ishtirok etdi.
Uchchala xokkeychi ham Qozog'iston ishtirokidagi barcha o'yinlarda muzga chiqdi. Grenc o'z hisobiga 4 (1+3) ochko yozdirib qo'yishga ham muvaffaq bo'ldi. Musobaqada Qozog'iston terma jamoasi 2 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan holda oltin medallarga ega chiqdi.
Havola :
Manba : hchumo.uz
Fikrlar