10 noy 16:50
Yangiliklar
Xokkey
"Humo" yangi chempionatdagi ilk g'alabasini nishonladi
Kecha Qirg'izistonning Bishkek shahridagi "Bishkek arena" majmuasida xokkey bo'yicha O'zbekiston ochiq chempionati davom ettirildi.
Toshkentning "Humo" xokkey klubi chempionatdagi uchinchi o'yinini mezbon yurt vakili — "Alga"ga qarshi o'tkazdi.
O'yinda "Humo" xokkeychilari 14:1 hisobidagi yirik g'alabani rasmiylashtirishdi.
Bu "Humo"ning chempionatdagi ilk g'alabasiga aylandi. "Qanotlilar" bugun 19:30 da "Alga"ga qarshi ikkinchi o'yinda muzga chiqishadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar