03 mar 17:03
Yangiliklar
Xokkey

"Humo"ning yarim finaldagi raqibi va o'yinlar taqvimi malum bo'ldi
Kecha Toshkentning "Humo" xokkey klubi "Gornyak"ni 5:1 hisobida mag'lub etib, Qozog'iston chempionatida yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.
CHorak finaldagi seriyada "Humo" "Gornyak"ni umumiy hisobda 4:1 ko'rinishida mag'lub etdi.
Olamsport.com muharriri Aziz To'xtamurodovning o'z Telegram kanalida xabar berishicha, "qanotlilar"ga endi yarim final bosqichida Ust-Kamenogorskning "Torpedo"si raqib bo'ladi.
Dastlabki yarim finallar mehmonda — 14 va 16 mart kunlari o'tkaziladi. Toshkentdagi o'yinlar esa 20 va 22 mart kunlari bo'ladi.
Havola :
Manba : t.me/aziztukhtamuradov
Fikrlar