29 noy 17:00
Yangiliklar
Tennis

Humoyun asosiy davrada ilk o'yinda yutqazdi
Tennischimiz Humoyun Sultonov Antaliyada bo'lib o'tayotgan mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda ishtirok etayotganligi haqida xabar qilgandik.
Tennischimiz saralash bosqichida raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, asosiy davra yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.
Bugun u ilk davrada shveycariyalik Luka Margaoliga qarshi o'yin o'tkazdi. 1 soat 43 daqiqa davom etgan o'yinda tennischimiz raqibiga 4:6, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar