29 sen 13:55
Yangiliklar
Tennis

Humoyun CHimkent turnirining juftlik bahsida finalga chiqdi
Qozog'istonning CHimkent shahrida sovrin jamg'armasi 10 ming dollardan iborat turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu musobaqaning juftliklar bahsida yarim final uchrashuvlari o'tkazildi. Sanjar Fayziev va Jo'rabek Karimovdan iborat turnirning ikkinchi raqamli juftligi yarim finalda to'rtinchi raqamli juftlik – rossiyalik Mixail Fufugin hamda estoniyalik Vladimir Ivanov tandemiga 2:6, 1:6 hisobida yutqazishdi.
Humoyun Sultonov hamda qozog'istonlik Temur Xabibulindan iborat uchinchi raqamli juftlik esa aksincha final chiptasini qo'lga kiritdi. Ular yarim finalda rossiyalik tennischilar – Viktor Baluda va Aleksandr Pavliouchenkovdan 2:6, 6:1, tay-brekda 16:14 hisobida ustun kelishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar