25 okt 07:50
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Malayziya turniri juftligida kortga chiqdi
Istedodli tennischimiz Humoyun Sultonov Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida o'tkazilayotgan turnirning juftlik bahslaridagi ikkinchi uchrashuvida kortga chiqdi.
Dunyo reytingida 984-o'rinni band etgan Sultonov qirg'izistonlik Daniyar Duldaev bilan birgalikda gollandiyalik tennischilar - Mark Diykuzen va Skott Griekspur hamkorligi bilan tzqnash keldi.
Bir soatu 24 daqiqa davom etgan va hozirgina yakuniga
etgan uchrashuvda Sultonov va Duldaev raqiblarini 5:7, 6:2, tay-brekda 10:7
hisobida mag'lub etib, yarim finalga yo'l olishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar